11 -7 (93) 2026 - Aripov A.N., Aripov O.A., Xojimurod M.M., Toshev I.N., Ayubov B.F., Zokirov D.D. - KLINIK DIAGNOSTIK LABORATORIYA XIZMATINI MARKAZLASHTIRISHDA MOLIYAVIY RESURSLAR STRUKTURASINING TRANSFORMATSIYASI: ISH HAQIDAN DIAGNOSTIKAGA O'TISH
KLINIK DIAGNOSTIK LABORATORIYA XIZMATINI MARKAZLASHTIRISHDA MOLIYAVIY RESURSLAR STRUKTURASINING TRANSFORMATSIYASI: ISH HAQIDAN DIAGNOSTIKAGA O'TISH
Aripov A.N. - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi
Aripov O.A. - «Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi» DM «Markaziy laboratoriya»
Xojimurod M.M. - «Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi» DM «Markaziy laboratoriya»
Toshev I.N. - «Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi» DM «Markaziy laboratoriya»
Ayubov B.F. - «Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi» DM «Markaziy laboratoriya»
Zokirov D.D. - «Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi» DM «Markaziy laboratoriya»
Rezyume
Maqsad. Klinik-diagnostik laboratoriya xizmati markazlashtirilgandan keyin uning moliyaviy resurslari strukturasidagi o'zgarishni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi «Markaziy laboratoriya» tajriba-sinov loyihasi misolida tahlil qilish. Materiallar va usullar. Birlamchi tibbiyot muassasalari laboratoriya bo'limlarining 2022–2024 yillardagi (markazlashtirishdan oldingi davr) hamda Markaziy laboratoriyaning 2025 yildagi (markazlashtirilgandan keyingi davr) moliyaviy va statistik hisobotlari asosida qiyosiy iqtisodiy tahlil o'tkazildi. Ajratilgan mablag'lar strukturasi, bajarilgan tahlillar hajmi va bitta tahlilga o'rtacha xarajat solishtirildi. Natijalar. Markazlashtirishdan oldin ajratilgan mablag'ning 80–85% i ish haqi va yagona ijtimoiy to'lovga, atigi 13–15% i reaktiv va sarflov materiallariga sarflangan, jihozlar uchun mablag' ajratilmagan. Markazlashtirilgandan keyin ish haqi va ijtimoiy to'lovning umumiy ulushi 36,0% gacha kamaydi, reaktiv va sarflov materiallariga sarf esa 63,6% gacha oshdi. Avtomatik analizatorlar, xemilyuminessent immunoanaliz va ISO 15189 asosidagi sifat menejmenti tizimiga o'tilganiga qaramay, bitta tahlilga o'rtacha xarajat faqat o'rtacha darajada — 3 085 so'mdan 3 615 so'mgacha oshdi. Xulosa. Markazlashtirish moliyaviy resurslarni xodimni saqlashdan bevosita diagnostikaga yo'naltiradi va laboratoriya xizmatining sifatini birlik xarajat barqaror qolgan holda sezilarli darajada yangilaydi.
Kalit so'zlar: klinik laboratoriya, markazlashtirish, konsolidatsiya, laboratoriya iqtisodiyoti, tahlil tannarxi, avtomatlashtirish, birlamchi tibbiyot.
First page
77
Last page
82
For citation:Aripov A.N., Aripov O.A., Xojimurod M.M., Toshev I.N., Ayubov B.F., Zokirov D.D. - KLINIK DIAGNOSTIK LABORATORIYA XIZMATINI MARKAZLASHTIRISHDA MOLIYAVIY RESURSLAR STRUKTURASINING TRANSFORMATSIYASI: ISH HAQIDAN DIAGNOSTIKAGA O'TISH//New Day in Medicine 7(93)2026 77-82 https://newdayworldmedicine.com/en/new_day_medicine/7-93-2026
List of References
- World Health Organization. Laboratory diagnostics and public health: Strategy 2021–2030. Geneva: World Health Organization; 2021. p. 15-22.
- Lippi G, Plebani M. The critical role of laboratory medicine during coronavirus disease 2019 (COVID-19) and other viral outbreaks. Clin Chem Lab Med. 2020;58(7):1063-1069. doi:10.1515/cclm-2020-0240
- Greaves RF, Bernardini S, Ferrari M, et al. Key questions about the future of laboratory medicine in the next decade of the 21st century: A report from the IFCC-Emerging Technologies Division. Clin Chim Acta. 2019;495:570-589. doi:10.1016/j.cca.2019.05.021
- Lamovsek N, Klun M, Skitek M, Bencina J. Defining the optimal size of medical laboratories at the primary level of health care with data envelopment analysis. Acta Inform Med. 2019;27(4):224-228. doi:10.5455/aim.2019.27.224-228
- Cook J. Laboratory integration and consolidation in a regional health system. Lab Med. 2017;48(3):e43-e52. doi:10.1093/labmed/lmx022
- Church DL, Naugler C. Using a systematic approach to strategic innovation in laboratory medicine to bring about change. Crit Rev Clin Lab Sci. 2022;59(3):178-202. doi:10.1080/10408363.2021.1972955
- Panteghini M. Redesigning the surveillance of in vitro diagnostic medical devices and medical laboratory performance by quality control in the traceability era. Clin Chem Lab Med. 2023;61(5):759-768. doi:10.1515/cclm-2022-1165
- Mouseli A, Barouni M, Amiresmaili M, et al. Measuring the net profit of laboratory services: A case study in Iran. Med J Islam Repub Iran. 2018;32:12. doi:10.14196/mjiri.32.12
- Alinejhad M, Aghlmand S, Feizollahzadeh S, Yusefzadeh H. The economic efficiency of clinical laboratories in public hospitals: A case study in Iran. J Clin Lab Anal. 2019;33(5):e23067. doi:10.1002/jcla.23067
- Кочетов А.Г., Лянг О.В. Актуальные проблемы организации лабораторной службы в Российской Федерации. Москва: У Никитских ворот; 2016.
file
download