71 -9 (95) 2026 - Alauatdinova Z.X., Nishonov D.A., Avezov A.U., Matrasulov R.S. - MULTIFOKAL ATEROSKLEROZDA INTRASEREBRAL TOMIRLARNING PATOMORFOLOGIK VA IMMUNOGISTOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI: ZAMONAVIY QARASHLAR TAHLILI

MULTIFOKAL ATEROSKLEROZDA INTRASEREBRAL TOMIRLARNING PATOMORFOLOGIK VA IMMUNOGISTOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI: ZAMONAVIY QARASHLAR TAHLILI

Alauatdinova Z.X. - Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

Nishonov D.A. - Respublika patologik anatomiya markazi

Avezov A.U. - Urganch Davlat Tibbiyot Instituti

Matrasulov R.S. - Alfraganus universiteti

Rezyume

Maqolada multifokal aterosklerozda intraserebral tomirlarda yuzaga keladigan patomorfologik va immunogistokimyoviy o'zgarishlar yuzasidan so'nggi 15 yillik xorijiy hamda mahalliy manbalar tahlil qilingan. Tadqiqot maqsadi — serebrovaskulyar kasalliklarning global yuki, intrakranial aterosklerozning ishemik insultlar tuzilmasidagi ulushi va intraserebral tomirlarni morfologik hamda immunogistokimyoviy baholash usullarining zamonaviy holatini umumlashtirish, shu asosda O'zbekiston sharoiti uchun optimal diagnostik panelni asoslashdan iborat. PubMed/MEDLINE, Scopus, Web of Science va eLibrary ma'lumotlar bazalaridan 2008–2025 yillar oralig'ida chop etilgan manbalar tanlab olinib, ma'lumotlar MS Excel dasturida jamlangan va qiyosiy tahlil qilingan. Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, 2021 yilda dunyoda insult bilan yashayotganlar soni 93,8 mln kishini, yangi holatlar 11,9 mln ni, o'lim esa 7,0 mln dan ortiqni tashkil etgan; 1990 yilga nisbatan tarqalganlik 86% ga, yangi holatlar 70% ga, o'lim 44% ga oshgan. Ishemik insultlar barcha holatlarning 65,3% ini tashkil qiladi. Osiyo xalqlarida ishemik insultlarning 30–50% i intrakranial ateroskleroz bilan bog'liq bo'lsa, yevropoid irq vakillarida bu ko'rsatkich 10% atrofida. Autopsiya materiali tahlili intrakranial arteriyalarda erta pilakchalar 66%, rivojlangan pilakchalar 15%, asoratlangan pilakchalar 1% ni tashkil qilishini ko'rsatdi. Muallif tomonidan intraserebral tomirlarni kompleks baholash uchun gematoksilin-eozin, Van Gizon va Trixrom Masson usullari bilan bir qatorda CD68, α-SMA, CD34 va MMP-9 markerlarini o'z ichiga olgan immunogistokimyoviy panel taklif etilgan.

Kalit so'zlar: multifokal ateroskleroz, intraserebral tomirlar, ishemik insult, serebrovaskulyar kasalliklar, patomorfologiya, immunogistokimyo, morfometriya, CD68, matriks metalloproteinaza, autopsiya.

First page

472

Last page

480

For citation:Alauatdinova Z.X., Nishonov D.A., Avezov A.U., Matrasulov R.S. - MULTIFOKAL ATEROSKLEROZDA INTRASEREBRAL TOMIRLARNING PATOMORFOLOGIK VA IMMUNOGISTOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI: ZAMONAVIY QARASHLAR TAHLILI//New Day in Medicine 9(95)2026 472-480 https://newdayworldmedicine.com/en/new_day_medicine/9-95-2026

ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Feigin VL, Brainin M, Norrving B, Martins SO, Pandian J, Lindsay P, et al. World Stroke Organization: Global Stroke Fact Sheet 2025. Int J Stroke. 2025;20(2):132-144. doi:10.1177/17474930241308142.
  2. World Health Organization. Stroke: fact sheet [Internet]. Geneva: World Health Organiza-tion; 2025 [cited 2026 Sep 15]. Available from: https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/stroke
  3. He Q, Wang W, Zhang Y, Xiong Y, Tao C, Ma L, et al. Global, regional, and national burden of stroke, 1990-2021: a systematic analysis for Global Burden of Disease 2021. Stroke. 2024;55(12):2815-2824. doi:10.1161/STROKEAHA.124.048033.
  4. Yang WJ, Wong KS, Chen XY. Intracranial atherosclerosis: from microscopy to high-resolution magnetic resonance imaging. J Stroke. 2017;19(3):249-260. doi:10.5853/jos.2016.01956.
  5. Pathological investigations of intracranial atherosclerosis using multiple hypercholesterolem-ic rabbit models. Front Endocrinol (Lausanne).2022; 13:834207. doi:10.3389/fendo.2022.834207.
  6. Fernández-Friera L, Peñalvo J.L., Fernández-Ortiz A, et al. Prevalence, vascular distribution, and multiterritorial extent of subclinical atherosclerosis in a middle-aged cohort: the PESA study. Circulation. 2015;131(24):2104-2113. doi:10.1161/CIRCULATIONAHA.114.014310.
  7. Intracranial atherosclerotic stenosis in Asia: a systematic scoping and rapid review of preva-lence, frequency in ischaemic stroke and risk factors. 2025. PMID:40822866.
  8. World Heart Federation. Uzbekistan: cardiovascular health data and statistics. Geneva: World Heart Federation; 2025 [cited 2026 Sep 15]. Available from: https://world-heart-federation.org/world-heart-observatory/countries/uzbekistan/
  9. Butcovan D, Mocanu V, Enache M, Ioan BG, Tinica G. A plaque instability index calculated by histological marker analysis of the endarterectomy carotid artery. Appl Sci. 2022;12(16):8040. doi:10.3390/app12168040.
  10. Chen LH, Spagnolo-Allende A, Yang D, Qiao Y, Gutierrez J. Epidemiology, pathophysiolo-gy, and imaging of atherosclerotic intracranial disease. Stroke. 2024;55(2):311-323. doi:10.1161/STROKEAHA.123.043630.

    file

    download