3 -10 (96) 2026 - Mirzamudov H.G. - NOADEKVAT KOSMETIK MATERIALLAR KIRITILISHI NATIJASIDA YUZNING FASSIAL-LIGAMENTOZ TIZIMIDA YUZAGA KELADIGAN PATOMORFOLOGIK O’ZGARISHLAR VA ULARNING ENDOSKOPIK DISEKSIYA XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
NOADEKVAT KOSMETIK MATERIALLAR KIRITILISHI NATIJASIDA YUZNING FASSIAL-LIGAMENTOZ TIZIMIDA YUZAGA KELADIGAN PATOMORFOLOGIK O’ZGARISHLAR VA ULARNING ENDOSKOPIK DISEKSIYA XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
Mirzamudov H.G. - Akademik V.V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi eksperimental laboratoriyasi
Rezyume
Noadekvat kosmetik materiallar (gidroksiapatit, poliakrilamid gel, silikon, polilaktik kislota va boshqalar) kiritilgandan keyin yuzning fassial-ligamentoz tizimida yuzaga keladigan patomorfologik o’zgarishlarni o’rganish va ushbu o’zgarishlarning endoskopik diseksiya xavfsizligiga ta’sirini anatomik nuqtai nazardan asoslash. Tadqiqot 2023-2025 yillarda o’tkazilgan bo’lib, 47 nafar bemorda (32 ayol, 15 erkak; o’rtacha yosh 42,3±8,7) noadekvat kosmetik materiallar kiritilgandan keyin rivojlangan asoratlar tufayli endoskopik yuz ko’tarish operatsiyasi o’tkazilgan. Operatsiya davomida olingan to’qima biopsiyalari gistologik tekshiruvdan o’tkazilgan. Anatomik xavfsizlik chegaralari kadavr materiallarida (n=15) o'lchovlar o’tkazish orqali aniqlangan. Noadekvat kosmetik materiallar kiritilgandan keyin quyidagi patomorfologik o’zgarishlar aniqlangan: (1) sub-SMAS qatlamida diffuz fibroz (94,7%); (2) ligamentoz tuzilmalarning qalinlashishi va zichligining oshishi (87,2%); (3) granulematoz reaksiyalar (61,7%); (4) neyrovaskulyar to'plamlarning fibroz to'qima bilan o’ralishi (55,3%); (5) diseksiya qatlamlarining yo’qolishi (78,7%). Zigomatik va yuqori masseterik ligamentlar orasidagi masofa o'rtacha 13,3±3,8 mm ni tashkil etgan bo'lib, bu xavfsiz diseksiya koridorini belgilaydi. Noadekvat kosmetik materiallar kiritilishi natijasida yuzning fassial-ligamentoz tizimida rivojlanadigan fibroz o’zgarishlar endoskopik diseksiya xavfsizligini sezilarli darajada pasaytiradi. Xavfsiz diseksiya koridorlarini aniqlash va fibroz to’qimalarning tarqalishini operatsiyadan oldin baholash orqali asoratlar xavfini kamaytirish mumkin.
Kalit so’zlar: kosmetik materiallar, fassial-ligamentoz tizim, fibroz, endoskopik diseksiya, xavfsizlik chegaralari, patomorfologik o’zgarishlar
First page
15
Last page
20
For citation:Mirzamudov H.G. - NOADEKVAT KOSMETIK MATERIALLAR KIRITILISHI NATIJASIDA YUZNING FASSIAL-LIGAMENTOZ TIZIMIDA YUZAGA KELADIGAN PATOMORFOLOGIK O’ZGARISHLAR VA ULARNING ENDOSKOPIK DISEKSIYA XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI//New Day in Medicine 10(96)2026 15-20 https://newdayworldmedicine.com/en/new_day_medicine/10-96-2026
ADABIYOTLAR RO’YXATI
- Temizsoy Korkmaz F, Karip BZ, Ok F, Karip B. The osteocutaneous anchor of the face: zygomatic cutaneous ligament—quantitative topographic map and histologic proof. J Craniofac Surg. 2026;37(1/2):341–345.
- Hong GW, Swift A, Corrêa MC, Liang BCP, Yi KH. How does injecting filler into facial ligaments result in facial lifting? J Craniofac Surg. 2026. doi: 10.1097/SCS.0000000000012336.
- Definition of ligamentous fibrous tissue and interethnic differences: Caucasian versus Asian. JoVE. 2025.
- Sequera M, Velazco G, Olivares M, et al. Ocular adipostructuring in complications from orbital fillers: managing the orbital base. Cureus. 2026;18(8).
- Midcheek endoscopic anatomy. Head Neck. 2016;38(Suppl 1)–E273.
- Pilot study: endoscopic anatomical study of the lower premasseter space and buccal space for sub-superficial musculo-aponeurotic system facelift. Plast Reconstr Surg Glob Open. 2026.
- Tonnard P, Verpaele A. How minimally invasive treatments can render a facelift more difficult. Plast Reconstr Surg. 2023;152(1):78–85.
- Matthews JR, Matthews RW. Compose the IMRAD core of a strong first draft. In: Successful scientific writing. Cambridge: Cambridge University Press; 2014. p. 55–67.
file
download