16 -10 (96) 2026 - Shatmanova G.O., Nishonov D.A., Matrasulov R.S., Avezov A.U. - QUYONLARDA ATЕROGЕN PRЕPARATLAR TA’SIRIDA MAGISTRAL QON TOMIRLARINING PATOMORFOLOGIK O’ZGARISHLARI

QUYONLARDA ATЕROGЕN PRЕPARATLAR TA’SIRIDA MAGISTRAL QON TOMIRLARINING PATOMORFOLOGIK O’ZGARISHLARI

Shatmanova G.O. - Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

Nishonov D.A. - Respublika patologik anatomiya markazi

Matrasulov R.S. - Alfraganus universiteti

Avezov A.U. - Urganch Davlat Tibbiyot Instituti

Rezyume

O’tkir laboratoriya hayvonlarida ateroskleroz modelini shakllantirish ko’p bosqichli va murakkab patobiologik jarayon bo’lib, uning ishonchli reproduksiyasi uchun mos biologik model tanlash muhim ahamiyatga ega. Quyonlar lipoprotein metabolizmining insonga yaqinligi va xolesteringa boy ratsionga yuqori sezgirligi bilan ajralib turadi, shu bois ular aterogenezni eksperimental o’rganishda eng maqbul modellardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda standart vivariy sharoitlarida saqlangan, yosh va vazn ko’rsatkichlari bo’yicha bir xil 40 ta quyon tanlab olindi. Hayvonlar 5 ta guruhga ajratildi va ularga 90-180 kun davomida per os usulida quyidagi aterogen kombinatsiyalar qo`llanildi: xolesterin, xolesterin + vitamin D₃ (xolekalsiferol) va xolesterin + vitamin D₂ (ergokalsiferol). Tajriba yakunida aorta va boshqa magistral qon tomirlardan olingan materiallar 10% neytral buferlangan formalinda fiksatsiya qilinib, standart gistologik ishlovdan o’tkazildi. 5-7 mkm qalinlikdagi kesmalar gematoksilin-eozin va Van-Gizon usullarida bo’yalib, mikroskopik tahlil qilindi. Patomorfologik tekshiruvlar natijasida xolesterin + vitamin D₂ kombinatsiyasi qo’llanilgan guruhda aterosklerozning barcha morfogenetik bosqichlari-endotelial disfunksiya, subendotelial lipid infiltratsiyasi, ko’piksimon hujayralar shakllanishi, fibrolipomatoz, ateromatoz va kalsinoz — izchil ravishda aniqlandi. Ayniqsa, media qavatda erta va kuchli aterokalsinoz o’choqlari shakllanishi kuzatilib, jarayonning kalsiy-dominant xususiyat kasb etgani qayd etildi. Xolesterin + vitamin D₃ guruhida esa aterosklerotik o’zgarishlar barcha magistral qon tomirlarda namoyon bo’lib, klassik intimал ateroskleroz bosqichlari bosqichma-bosqich rivojlanganligi aniqlandi. Intima qavatining qalinlashishi, fibroz qopqoq shakllanishi va interstitsial kalsinoz maydonlari aterogenezning surunkali immun-yallig’lanishli tabiatini tasdiqladi. Shu tariqa, olingan natijalar turli vitamin D izomerlari ishtirokida aterogenez morfologiyasi va rivojlanish yo’li farq qilishini ko’rsatdi. Vitamin D₂ kombinatsiyasi aterokalsinoz jarayonini kuchaytirib, morfologik jihatdan og’ir va nostabil fenotipni shakllantirgan bo’lsa, vitamin D₃ kombinatsiyasi klassik intimal ateroskleroz modelini hosil qildi. Ushbu ma’lumotlar ateroskleroz patogenezida lipid va mineral almashinuv o’zaro bog’liqligini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.

Kalit so`zlar: sepid, хоlesterin, vitamin D2, vitamin D3, ateromatoz pilakchalar, miya insulti, miokard infarkti, aorta, fibrolipomatoz, fibromatoz, aterokalsinoz

First page

119

Last page

126

For citation:Shatmanova G.O., Nishonov D.A., Matrasulov R.S., Avezov A.U. - QUYONLARDA ATЕROGЕN PRЕPARATLAR TA’SIRIDA MAGISTRAL QON TOMIRLARINING PATOMORFOLOGIK O’ZGARISHLARI//New Day in Medicine 10(96)2026 119-126 https://newdayworldmedicine.com/en/new_day_medicine/10-96-2026

ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Anichkov, N.N., & Khaltatov, S.S. (2001). The combined theory of atherosclerosis pathogenesis and the role of lipid metabolism.
  2. Brandenburg VM, Kramann R, Koos R, et al. Vitamin D–binding protein and arterial calcification in CKD: a prospective cohort study. J Bone Miner Res. 2010;25(4):921–932.
  3. Brown MS, Goldstein JL. A receptor-mediated pathway for cholesterol homeostasis. Science. 1986;232(4746):34–47.
  4. Burlutskaya, A.V., & Tril, V.E. (2021). Epidemiological, clinical and morphological studies on early atherogenesis in fetuses and infants.
  5. Gushchin, A.Ya., et al. (2017). Experimental approaches to evaluating atherosclerotic lesions and atherosclerosis progression in animal models.
  6. Luca, A.C., & David, S.G. (2023). [Mavzu: ateroskleroz va yurak-qon tomir kasalliklari].
  7. Feigin VL, Brainin M, Norrving B, Martins SO, Pandian J, Lindsay P, Grupper MF, Rautalin I. World Stroke Organization: Global Stroke Fact Sheet 2025. International Journal of Stroke. 2025. doi: 10.1177/17474930241308142.
  8. Stroke: Fact sheet [Elektron resurs]. Geneva: World Health Organization; 2025. URL: https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/stroke (murojaat sanasi: 15.09.2026).
  9. Global, Regional, and National Burden of Stroke, 1990–2021: A Systematic Analysis for the Global Burden of Disease Study 2021. Stroke. 2024. doi: 10.1161/STROKEAHA.124.048033.
  10. Yang WJ, Wong KS, Chen XY. Intracranial atherosclerosis: from microscopy to high-resolution magnetic resonance imaging. Journal of Stroke. 2017;19(3):249–260. doi: 10.5853/jos.2016.01956.

    file

    download