47 -10 (96) 2026 - Kodirov M.A., Mansurov J.Sh. - SON SUYAGI DISTAL OXIRI SINISHLARINI YANGI QURILMA YORDAMIDA RETROGRAD BLOKLOVCHI INTRAMEDULLYAR OSTEOSINTEZ USULIDA DAVOLASH NATIJALARI

SON SUYAGI DISTAL OXIRI SINISHLARINI YANGI QURILMA YORDAMIDA RETROGRAD BLOKLOVCHI INTRAMEDULLYAR OSTEOSINTEZ USULIDA DAVOLASH NATIJALARI

Kodirov M.A. - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali

Mansurov J.Sh. - Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Rezyume

Son suyagi distal ohiri sinishi barcha son suyagi sinishlarining 4-8% ni tashkil qiladi va bu sinishlarning taxminan har 100 000 bemordan 18 kishini tashkil qiladi. Zamonaviy davolash usullari va implantlar yaratilishiga qaramay, son suyagi distal ohiri sinishlarini davolash travmatolog-ortoped mutaxassislar uchun haligacha yengil bo’lmagan muammo hisoblanadi. Bloklovlovchi intramedullyar sterjenlar va burchakli stabillovchi plastinalarni qo’llab davolash asta-sekin son suyagi distal ohiri sinishlarini davolashda odatiy xolga aylanib borayotgan bir paytda, jarrohlar o'rtasida haligacha son suyagi distal sinishlari, ayniqsa bo’g’im ichi sinishlarini davolashning eng yaxshi usuli bo'yicha yagona xulosaga kelinmagan. Bugungi zamonaviy travmatologiyada retrograd intramedullyar osteosintezlash son suyagi distal ohiri sinishlarini damolashning samarali usuli ekanligi ko’pgina adabiyotlarda va ilmiy ishlarda o’z isbotini topgan. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida 2015-yildan 2023-yilga qadar son suyagi distal ohiri sinishi bilan davolangan va retrograd bloklovchi intramedullyar osteosintez bajarilgan 22 nafar bemorlar natijalari kuzatildi. Biz tommondan ishlab chiqilgan tashqi qurilma evaziga jarrohlik amaliyoti davomida siniq bo’laklarini vaqtinchalik repozitsiya qilish va ushlab turishga, intramedullyar bloklovchi osteosintezlashni yopiq usulda bajarishga va kontrol rentgenografik tekshiruvida suyak anatomik o’qining tiklanishiga erishildi. Biz taklif qilayotgan tashqi qurilma son suyagi suprakondilyar va oddiy bo’g’im ichi sinishlarini retrograd intramedullyar osteosintezlashda amaliyotning oson va yopiq usulda bajarilishini, amaliyot vaqtining sezilarli qisqarishini va siniq bo’laklari repozitsiyasiga oson erishish va anatomik butunlikni tiklash imkonini beradi.

Kalit so’zlar: Son suyagi, distal ohiri sinishi, intramedullyar sterjen, tashqi fiksatsiya apparati.

First page

318

Last page

322

For citation:Kodirov M.A., Mansurov J.Sh. - SON SUYAGI DISTAL OXIRI SINISHLARINI YANGI QURILMA YORDAMIDA RETROGRAD BLOKLOVCHI INTRAMEDULLYAR OSTEOSINTEZ USULIDA DAVOLASH NATIJALARI//New Day in Medicine 10(96)2026 318-322 https://newdayworldmedicine.com/en/new_day_medicine/10-96-2026

ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Hake M. E., Davis M. E., Perdue A. M., Goulet J. A. Modern implant options for the treatment of distal femur fractures. J Am Acad Orthop Surg. 2019;27(19)–75.
  2. Zhang Y. Clinical epidemiology of orthopaedic trauma. New York: Thieme; 2016.
  3. Nieves J. W., Bilezikian J. P., Lane J. M., et al. Fragility fractures of the hip and femur: incidence and patient characteristics. Osteoporos Int. 2010;21(3):399–408.
  4. Du Y. R., Ma J. X., Wang S., et al. Comparison of less invasive stabilization system plate and retrograde intramedullary nail in the fixation of femoral supracondylar fractures in the elderly: a biomechanical study. Orthop Surg. 2019;11(2):311–7.
  5. Ehlinger M., Ducrot G., Adam P., Bonnomet F. Distal femur fractures. Surgical techniques and a review of the literature. Orthop Traumatol Surg Res. 2013;99(3):353–60.
  6. Chantarapanich N., Sitthiseripratip K., Mahaisavariya B., Siribodhi P. Biomechanical performance of retrograde nail for supracondylar fractures stabilization. Med Biol Eng Comput. 2016;54(6):939–52.
  7. Hoskins W., Sheehy R., Edwards E. R., et al. Nails or plates for fracture of the distal femur? Data from the Victoria Orthopaedic Trauma Outcomes Registry. Bone Joint J. 2016;98-B(6):846–50.
  8. Marsh J. L., Slongo T. F., Agel J., et al. Fracture and dislocation classification compendium—2007: Orthopaedic Trauma Association classification, database and outcomes committee. J Orthop Trauma. 2007;21(10 Suppl)–S133.
  9. Yuan Y., Luo B., Hao Q., Yuan J., Qu G. B., Hao P. D., Zeng Z. J., Yang J. F., Xu Z. J. Clinical outcomes of revision with retrograde intramedullary nailing for failed plating of distal femoral fractures: a retrospective study. Int Orthop. 2020.
  10. Pekmezci M., McDonald E., Buckley J., Kandemir U. Retrograde intramedullary nails with distal screws locked to the nail have higher fatigue strength than locking plates in the treatment of supracondylar femoral fractures: a cadaver-based laboratory investigation. Bone Joint J. 2014;96-B(1):114–21.

    file

    download