66 -10 (96) 2026 - To’rayev U.R., O’rokov Sh.T. - XOLEDOXOLITIAZGA SHUBHA QILINGAN BEMORLARDA MAGNIT-REZONANS XOLANGIOPANKREATOGRAFIYANI MAQSADLI QO’LLASH: QOLDIQ TOSHLAR TAHLILIGA ASOSLANGAN BMSS SHKALASI
XOLEDOXOLITIAZGA SHUBHA QILINGAN BEMORLARDA MAGNIT-REZONANS XOLANGIOPANKREATOGRAFIYANI MAQSADLI QO’LLASH: QOLDIQ TOSHLAR TAHLILIGA ASOSLANGAN BMSS SHKALASI
To’rayev U.R. - O’zbekiston Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali
O’rokov Sh.T. - Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Resume
Maqsad. Ikki bosqichli davolashdan keyin qoldiq toshlar sabab qayta yotqizilgan bemorlar tahlili asosida MRXPGga yo’llashning ballli shkalasini ishlab chiqish. Material va usullar. 2020–2024-yillarda ERXPG, EPST, litoekstraksiya va keyin laparoskopik xolesistektomiya qilingan 120 bemorning kasallik tarixi retrospektiv o’rganildi. Qoldiq xoledoxolitiaz bilan qayta murojaat qilgan bemorlarda UTT va MRXPG natijalari solishtirildi. Natijalar. Qoldiq toshlar 9 (7,5%) bemorda aniqlandi. Ulardan 3 nafarida UTT bo’yicha UO’Y diametri me’yorda bo’lsa-da, MRXPG terminal bo’limda mayda toshlarni ko’rsatdi va bu bemorlarning barchasida biliar pankreatit rivojlandi. Olingan ma’lumotlar asosida anamnez, bilirubin darajasi va UTT belgilarini o’z ichiga olgan, maksimal 12 balli BMSS (Bukhara MRCP Selection Score) shkalasi tuzildi va 60 nafar bemordan iborat prospektiv guruhda qo’llanildi. Xulosa. Faqat operatsiyagacha mavjud bo’ladigan oddiy ko’rsatkichlarga tayangan BMSS shkalasi MRXPGni hamma bemorga emas, balki yashirin xoledoxolitiaz ehtimoli yuqori bo’lganlarga yo’naltirish imkonini beradi; uning diagnostik aniqligini alohida tadqiqotda tasdiqlash lozim.
Kalit so’zlar: xoledoxolitiaz, qoldiq toshlar, magnit-rezonans xolangiopankreatografiya, ballli shkala, ultratovush tekshiruvi.
First page
431
Last page
435
For citation:To’rayev U.R., O’rokov Sh.T. - XOLEDOXOLITIAZGA SHUBHA QILINGAN BEMORLARDA MAGNIT-REZONANS XOLANGIOPANKREATOGRAFIYANI MAQSADLI QO’LLASH: QOLDIQ TOSHLAR TAHLILIGA ASOSLANGAN BMSS SHKALASI//New Day in Medicine 10(96)2026 431-435 https://newdayworldmedicine.com/en/new_day_medicine/10-96-2026
ADABIYOTLAR RO’YXATI
- Williams E., Beckingham I., El Sayed G., et al. Updated guideline on the management of common bile duct stones (CBDS). Gut. 2017;66(5):765–782. doi:10.1136/gutjnl-2016-312317.
- Buxbaum J.L., Abbas Fehmi S.M., Sultan S., et al. ASGE guideline on the role of endoscopy in the evaluation and management of choledocholithiasis. Gastrointest Endosc. 2019;89(6):1075–1105. doi: 10.1016/j.gie.2018.10.001.
- Einstein D.M., Lapin S.A., Ralls P.W., Halls J.M. The insensitivity of sonography in the detection of choledocholithiasis. AJR Am J Roentgenol. 1984;142(4):725–728. doi:10.2214/ajr.142.4.725.
- Topal B., Van de Moortel M., Fieuws S., et al. The value of magnetic resonance cholangiopancreatography in predicting common bile duct stones in patients with gallstone disease. Br J Surg. 2003;90(1):42–47. doi:10.1002/bjs.4025.
- Manes G., Paspatis G., Aabakken L., et al. Endoscopic management of common bile duct stones: European Society of Gastrointestinal Endoscopy (ESGE) guideline. Endoscopy. 2019;51(5):472–491. doi:10.1055/a-0862-0346.
- Barkun A.N., Barkun J.S., Fried G.M., et al. Useful predictors of bile duct stones in patients undergoing laparoscopic cholecystectomy. Ann Surg. 1994;220(1):32–39. doi:10.1097/00000658-199407000-00006.
- Abboud P.A., Malet P.F., Berlin J.A., et al. Predictors of common bile duct stones prior to cholecystectomy: a meta-analysis. Gastrointest Endosc. 1996;44(4):450–455. doi:10.1016/S0016-5107(96)70098-6.
- van Maasakkers M.H.G., Merks M.M.T., Vliex J., et al. Optimising the management of patients with cholecystitis and suspected common bile duct stones: an external validation of current prediction models. Surg Endosc. 2026;40(1):491–501. doi:10.1007/s00464-025-12299-8.
- Pierce R.A., Jonnalagadda S., Spitler J.A., et al. Incidence of residual choledocholithiasis detected by intraoperative cholangiography at the time of laparoscopic cholecystectomy in patients having undergone preoperative ERCP. Surg Endosc. 2008; 22:2365–2372.
- Хаджибаев А.М., Хаджибаев Ф.А., Тилемисов С.О. Комплексная видеоэндоскопическая, лучевая диагностика и малоинвазивное лечение синдрома механической желтухи. Эндоскопическая хирургия. 2015;(1):7–12.
file
download