26 -9 (95) 2026 - Erimbetova D.T., Adilbekova D.B., Ahrorov Abdulaziz A., Toshpulatov S.S. - ONALARDAGI QANDLI DIABET XASTALIGI SHAROITIDA TUG’ILGAN AVLODNING REPRODUKTIV TIZIMI A’ZOLARIDAGI MORFOFUNKSIONAL O’ZGARISHLAR

ONALARDAGI QANDLI DIABET XASTALIGI SHAROITIDA TUG’ILGAN AVLODNING REPRODUKTIV TIZIMI A’ZOLARIDAGI MORFOFUNKSIONAL O’ZGARISHLAR

Erimbetova D.T., Adilbekova D.B., Ahrorov Abdulaziz A., Toshpulatov S.S. - Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

Rezyume

Qandli diabet — homiladorlik davrida ona organizmida yuzaga keladigan eng keng tarqalgan metabolik asoratlardan biri bo’lib, u nafaqat ona salomatligiga, balki rivojlanayotgan homilaning barcha organ va tizimlariga, jumladan reproduktiv tizimga ham chuqur ta’sir ko’rsatadi. So’nggi yillarda olib borilgan eksperimental va klinik tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, onadagi surunkali giperglikemiya “fetal dasturlash” mexanizmi orqali qiz avlodning bachadoni, bachadon naylari va tuxumdonlarida chuqur morfologik va funksional o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada oxi4gi yillarda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari chuqur tizimli hamda taqqoslama tahlil qilinib, qandli diabetli onalardan tug’ilgan avlodning ichki jinsiy a’zolaridagi struktur va funksional buzilishlari tizimli tarzda yoritildi. Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, bachadon endometriysi va miometriysida atrofik va yallig’lanish xarakteridagi o’zgarishlar, bachadon naylarida silliq mushak va epiteliy funksiyasining buzilishi, tuxumdonlarda esa follikulogenez jarayonining susayishi, oositlarda mitoxondrial disfunksiya va oksidativ stressning kuchayishi kuzatiladi. Bundan tashqari, epigenetik o’zgarishlar (DNK metilatsiyasi, gistonlarning modifikatsiyasi) orqali bu buzilishlarning keyingi avlodlarga ham uzatilishi mumkinligi haqida dalillar keltirilgan. Maqola turli tadqiqot modellarini solishtirma tahlil qilish orqali muammoning ko’p qirrali genezini ochib beradi.

Kalit so’zlar: qandli diabet, gestatsion diabet, fetal dasturlash, bachadon, bachadon naylari, tuxumdon, follikulogenez, oksidlanish stressi, epigenetika, reproduktiv tizim, avlod salomatligi.

First page

189

Last page

198

For citation:Erimbetova D.T., Adilbekova D.B., Ahrorov Abdulaziz A., Toshpulatov S.S. - ONALARDAGI QANDLI DIABET XASTALIGI SHAROITIDA TUG’ILGAN AVLODNING REPRODUKTIV TIZIMI A’ZOLARIDAGI MORFOFUNKSIONAL O’ZGARISHLAR//New Day in Medicine 9(95)2026 189-198 https://newdayworldmedicine.com/en/new_day_medicine/9-95-2026

ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Al Bekai E, El Beaini C, Kalout K, Safieddine O, Semaan S, Sahyoun F, et al. The hidden impact of gestational diabetes: unveiling offspring complications and long-term effects. Life (Basel). 2025;15(3):440. doi:10.3390/life15030440.
  2. Alhallak I, Quick CM, Graham GL, Simmen RCM. A pilot study on the co-existence of diabetes and endometriosis in reproductive-age women: potential for endometriosis progression. Reprod Sci. 2023;30(8):2429-2438. doi:10.1007/s43032-023-01190-3.
  3. Amitai N, Kerman T, Eshkoli T, Imtirat A, Raz A, Ben Shitrit I, et al. Maternal diabetes mellitus during pregnancy as a risk factor for strabismus and refractive errors in the offspring—a large-scale national study. Int J Gynaecol Obstet. 2025;172(1):565-572. doi:10.1002/ijgo.70381.
  4. Andlib N, Sajad M, Thakur SC. Association of diabetes mellitus with risk of reproductive impairment in females: a comprehensive review. Acta Histochem. 2024;126(5-7):152173. doi:10.1016/j.acthis.2024.152173.
  5. Barco VS, Gallego FQ, Paula VG, Cruz LL, Karki B, Volpato GT, et al. Effects of diabetes between generations on the pre-embryos of rats. An Acad Bras Cienc. 2022;94(Suppl 4). doi:10.1590/0001-3765202220220717.
  6. Bueno A, Sinzato YK, Volpato GT, Gallego FQ, Perecin F, Rodrigues T, et al. Severity of prepregnancy diabetes on the fetal malformations and viability associated with early embryos in rats. Biol Reprod. 2020;103(5):938-950. doi:10.1093/biolre/ioaa151.
  7. Cruz LL, Sinzato YK, Paula VG, Fioretto MN, Gallego FQ, Barco VS, et al. Maternal hyperglycemia and postnatal high-fat diet impair metabolic regulation and autophagy response in the liver of adult female rats. J Dev Orig Health Dis. 2025;16. doi:10.1017/S204017442400045X.
  8. da Cruz LL, Barco VS, Paula VG, Gallego FQ, Souza MR, Corrente JE, et al. Severe diabetes induction as a generational model for growth restriction of rat. Reprod Sci. 2023;30(8):2416-2428. doi:10.1007/s43032-023-01198-9.
  9. Di Domizio LMJ, Gomes MEP, Paula VG, Souza MR, Gallego FQ, Barco VS, et al. Influence of maternal hyperglycemia on rat daughters and granddaughters. Res Soc Dev. 2023;12(6). doi:10.33448/rsd-v12i6.41798.
  10. Eletri L, Mitanchez D. How do the different types of maternal diabetes during pregnancy influence offspring outcomes? Nutrients. 2022;14(18):3870. doi:10.3390/nu14183870.

    file

    download